Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Italiya prezidentidan mukofot oldi
Asli kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov binolarni qayta tiklash bo‘yicha loyihalari uchun “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Mukofot Italiya prezidenti Serjo Mattarella tomonidan topshirilgan, deb xabar bermoqda TASS.
“Mukofot Rossiya-Italiya munosabatlariga qo‘shgan hissasi va Alisher Usmonovning Moskvadagi Berg qo‘rg‘oni, Kapitoliylar muzeylaridagi Goratsiy va Kuriatsiy zallari, Kvirinal maydonidagi dioskurlar Favvorasi va Rimdagi Trayan forumini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarda ishtirok etgani uchun topshirildi”, - deb xabar berdi Usmonov matbuot xizmati.
“Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni – Italiyaning oliy ordeni hisoblanadi. Orden adabiyot, san'at, iqtisodiyot, xayriya, jamoat va gumanitar faoliyatdagi katta xizmatlar uchun topshiriladi.
Ma'lumot uchun, Alisher Usmonov – Rossiya va xorijda xayriya faoliyatini olib boruvchi eng yirik tadbirkorlardan biri. Usmonov The Sunday Times Giving List 2016’ga ko‘ra xayriya maqsadlarda sarflangan mablag‘larning hajmi bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallagan (106,7 mln funt sterling).
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026