15:44 / 10.03.2017
12488

Disney “Olovuddin” filmi uchun tanlov e'lon qildi

Disney studiyasi “Olovuddin” (“Aladdin”) filmi uchun ochiq tanlov e'lon qildi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter. Ertakdagi bosh rollar uchun Yaqin Sharq mamlakatlaridan 18-25 yoshdagi aktyorlar qidirilmoqda.

Kartina “Sohibjamol va maxluq” kabi musiqali bo‘ladi, shuning uchun loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar qo‘shiq kuylash olishi, shuningdek raqs ijro eta bilishi kerak.

Film rejissyori Gay Richi. Suratga olish jarayoni Buyuk Britaniyada 2017 yilning iyulidan 2018 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lib o‘tadi. Repetitsiyalar esa aprelda boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Olovuddin” multfilmi 1992 yilda chiqqandi. Jin obraziga Robin Uilyams ovoz bergan. Multfilm 2ta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Top