IBM tadqiqotçilari bir atom ölçamidagi axborot saqlovçini işlab çiqişdi. Uning işlaş salohiyatini skanlovçi tunnelli mikroskop vositasida namoyiş etişdi, deb yozmoqda Nature jurnali.
Hozirda mavjud zamonaviy xotira disklari va saqlagiçlar bir bit ma'lumotni saqlaş uçun 100 mingga yaqin atomdan foydalanadi. Yangi texnologiya kelgusida ma'lumotlarni juda ziç yoziş imkonini taqdim etadi. Jumladan, plastik kartoçkadek keladigan axborot saqlagiçga iTunes xizmatidagi jami 35 million qöşiqni joylaş mumkin böladi.
Yangi saqlagiç atigi bir bitlik bitta xotira yaçeykasidan iborat, ammo ulkan salohiyatga egadir. Işlanma muallifi Kristofer Luttsning sözlariga köra, olimlar öz oldiga qöygan maqsad şunday bölganki, ular texnologiyalar bitta atom hajmida ma'lumotni saqlaş imkonini bersa, nima yuz berişi mumkinligini tuşunişga harakat qilişgan.
Mutaxassislar tajriba çoğida elektr tokini ötkaziş vositasida atomga ma'lumotni qayd etişgan. Şu bilan ular texnologiyaning yaroqli ekanini namoyiş etmoqçi bölişgan. Ular buning uçun skanlovçi tunnelli mikroskopdan foydalanişgan.
Mazkur işlanma ma'lumotlarni yoziş ziçligini yuz ming martaga oşiriş imkonini beradi. Tadqiqotçilar, hozirça, 3-12tagaça atomdan iborat guruhlarga axborotlarni yozişning uddasidan çiqişgan. Lutts jamoasi bir atom ölçamidagi xotira bir neça soat mobaynida ma'lumotlarni saqlagan.
Olimlar oldidagi galdagi vazifa bir yaçeykalardan iborat atom xotiralaridagi ma'lumotlarni barqaror ta'minlanişiga erişişdir.












