Odamlar qança urinmasin, erta bolalikdagi tafsilotlarni eslay olmaydi. Science jurnalida çop etilgan yangi tadqiqot şuni körsatadiki, buning sababi xotiralar yöqligida emas, balki ulğaygan sari ularni tiklaşning imkonsizligida.

Olimlar tadqiqotda 4 oylikdan 25 oylikkaça bölgan 26 çaqaloqni sinovdan ötkazdi. Tajriba davomida çaqaloqlar MRT apparatiga joylaştirildi, u yerda har biriga 2 soniya davomida bir qator noyob tasvirlar körsatildi. Tadqiqotçilarning maqsadi miyaning his-tuyğu, xotira va avtonom nerv tizimi bilan boğliq gippokampdagi faollikni qayd etiş edi.

Qisqa vaqtdan keyin çaqaloqlarga yonma-yon ikkita rasm körsatildi: ulardan biri allaqaçon körsatilgan va yana biri notaniş edi. Tadqiqotçilar çaqaloqlarning köz harakatini kuzatib, ular qaysi tasvirlarga uzoqroq e’tibor qaratganini yozib oldi.

Agar çaqaloq taniş rasmga uzoqroq qaragan bölsa, bu xotiraning tiklanganini anglatardi. Agar heç biriga uzoq vaqt qaramasa, bu ehtimol, xotira kamroq rivojlanganini anglatardi.

Dastlabki ma’lumotlarni töplagandan söng, jamoa taniş tasvirga uzoqroq qaragan çaqaloqlarning MRT skanerlarini tahlil qildi va ularni boşqalarniki bilan taqqosladi.

«Natijalar şuni körsatdiki, katta yoşdagi çaqaloqlarda xotirani kodlaş jarayonida gippokamp faolroq bölgan. Bundan taşqari, faqat katta yoşdagi çaqaloqlar xotira bilan boğliq qaror qabul qiliş va tanib olişda asosiy rol öynaydigan orbitofrontal qobiqda faollik körsatdi», deyiladi maqolada.

Xotirani kodlaş nima uçun 12 oydan katta çaqaloqlarda aniqroq körinişi noma’lum bölsa-da, bu ehtimol tanadagi katta özgarişlar bilan boğliq.

«Bu davrda çaqaloqning miyasi idrok, til, harakat qobiliyatlari, biologiya va boşqa sohalarda, jumladan, gippokampning tez anatomik ösişida köplab özgarişlarga uçraydi», dedi tadqiqotning yetakçi muallifi va Yyeyl Universiteti psixologiya kafedrasi professori doktor Nik Tyork-Braun.

Tadqiqotçilar nima uçun miya bu erta xotiralarni tiklay olmasligini tuşuniş ustida faol işlamoqda, ammo u gippokamp xotirani topiş uçun aniq «qidiruv sörovlarini» olmasligini taxmin qilmoqda, çunki bu bolaning kiçik paytidagi tajribalari asosida saqlangan.