«Atom» elektromobilini işlab çiqayotgan Rossiyaning «Kama» kompaniyasi uni işlab çiqariş va kompaniya texnologiyalarini eksport qiliş masalasida Özbekiston, Xitoy va boşqa bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda kompaniyaning davlat idoralari va korporativ hamkorlari bilan munosabatlari böyiça direktori Anatoliy Kiyaşko ma’lum qildi.
«Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston prezidenti bilan uçraşuvda «Atom» işlab çiqariş yoki «Kama» kompaniyasi tomonidan işlab çiqilayotgan texnologiyani Özbekistonda qöllaş imkoniyatlarini körib çiqiş mumkinligini aytgan edi. Biz şunday muzokaralar olib bormoqdamiz. <...> Texnologiyalar - elektromobillarning platforma qismi ham, dasturiy ta’minot texnologiyalari ham juda raqobatbardoş, şuning uçun ularni eksport qiliş mumkin», dedi Kiyaşko.
Uning sözlariga köra, boşqa davlatlar bilan ham şunday muzokaralar olib borilmoqda. «Birinçi navbatda bu Xitoy», deb qöşimça qildi agentlik manbasi.
«Atom» elektromobili ilk bor 2023 yil may oyida taqdim etilgan. Uni seriyali işlab çiqariş va sotiş 2025 yil ikkinçi yarmida yölga qöyilişi rejalaştirilgan. 500 km gaça yura oladigan elektromobil 8 soniyada 100 km/soat tezlikka erişadi.

















