Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda qulagan vertolyotning barcha yo‘lovchilari jasadi topildi
Turkiyaning Istanbul shahrida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, aviahalokat yuz bergan joyda 2 uchuvchi jasadi topilgan.
Turkiyaning "Ejzajibashi" kompaniyalar guruhiga tegishli Sikorsky S-76 vertolyoti Istanbul yaqinidagi Byuyukchekmejye shaharchasida kuchli tuman sharoitida teleminora bilan to‘qnashib ketgan. Vertolyot bortida 7 kishi bo‘lgan. Avvalroq 5 kishi halok bo‘lgani, ulardan 4 nafari rossiyaliklar ekani ma'lum qilingandi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotni Olovuddin Adjar va Axmet Bulut ismli uchuvchilar boshqargan. Shuningdek, halok bo‘lgan yo‘lovchilar nomlari ma'lum qilingan, ular: "Ejzajibashi"ning Rossiyadagi bo‘limi VitrA bosh direktori Salim O‘zen va rossiyaliklar Aleksandr Vanin, Igor Kochergin, Lyudmila Chuprova va Yelena Badragan.
Milliyet gazetasining ma'lum qilishicha, uchuvchilar bu hududdan avval ham uchib turishgan va teleminoraning joylashgan o‘rnidan yaxshi xabardor bo‘lishgan.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026