Nobel mukofoti sovrindori Jorj Ola hayotdan ko‘z yumdi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jorj Ola 90 yoshida Amerikaning Beverli-Hillz shahrida joylashgan uyida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida olim faoliyat yuritgan Janubiy Kaliforniya universiteti xabariga asoslanib, "Kommersant" ma'lum qildi.
O‘lim sababi hozircha ma'lum qilinmagan. "Professor Jorj Ola kimyo sohasining haqiqiy afsonasi edi. Uning kashshof tadqiqotlari ilm-fan sohasidagi landshaftni tubdan o‘zgartirgan va bu sohadagi keyingi tadqiqotlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan", - dedi Janubiy Kaliforniya universiteti prezidenti Maks Nikas.
Jorj Ola 1994 yilda karbokationlarga oid kashshof tadqiqoti uchun Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan.
Uning tadqiqotlari tufayli neftni qayta ishlash, shuningdek benzin ishlab chiqarishning ekologiya uchun nisbatan xavfsiz usullariga asos tayyorlangan.
Nashrda ta'kidlanishicha, kimyogar mukofotdan tushgan pullarga iste'dodli olimlarni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil qilgan. Nobel sovrindori 20 tacha kitob va taxminan 1,5 ming ilmiy maqola yozdi, dunyoning yetti mamlakatida 160 patent oldi.
Bundan tashqari Jorj Ola Amerika kimyogarlar hamjamiyatining oliy mukofoti - Pristli medali bilan ham mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi
Jahon | 08:58
-
Ukrainada 10 may kuni «xohlovchilar koalitsiyasi» uchrashuvlari o‘tkaziladi
Jahon | 08:47
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 08:12
-
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi
Jahon | 08:10
Mavzuga oid

16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda

17:35 / 25.10.2024
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi, o‘limlar soni esa oshdi

14:45 / 18.07.2024