Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Intel protsessoridagi «aqlli» krossovkalarni ishlab chiqdi
Xiaomi o‘zining sho‘'ba korxonasi hisoblanuvchi Mijia kompaniyasi bilan hamkorlikda 90 Minutes Ultra Smart nomli «aqlli» krossovkasini namoyish etdi. Bu poyabzal vositasida professional sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatish mumkin bo‘ladi. Sport poyabzali Intel Curie modulida ishlaydi.
Intel Curie chipi datchiklar, akselerometr va giroskopdan olinuvchi ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash vazifasini bajaradi. Krossovkalar professional sportda foydalanishga mo‘ljallangan. Uning yordamida masofa, tezlik va kaloriyani hisoblash mumkin. Dastur sportchi qanaqa jismoniy mashq (og‘ir-yengil) bilan shug‘ullanayotganini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Krossovka bir marta quvvatlantirilsa, ikki oy uzluksiz ishlaydi. Mashg‘ulotlar haqidagi ma'lumotlar Bluetooth vositasida smartfondagi Mi Fit ilovasida aks ettiriladi.
Uning dizaynini Shanghai Runmi Technology kompaniyasi ishlab chiqqan. Poyabzal maxsus materiallardan yasalgan bo‘lib, bakteriyalarga qarshi ichki tagliklar va sirpanmaydigan rezinaga ega. Ular, ko‘k, pushti va qorong‘u vaqtlarda yugurish uchun yorug‘lik taratuvchi namunada ishlab chiqiladi.
Xiaomi krossovkalari 15 apreldan savdoga chiqariladi. Uning narxi Xitoyda 299 yuan (43 dollar) atrofida sotiladi.

Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026