Fan-texnika | 20:47 / 10.03.2017
8245
2 daqiqa o‘qiladi

Zenith firmasi Range Rover Velar sohiblari uchun maxsus soatlar seriyasini ishlab chiqardi

Foto:motor.ru

Jaguar Land Rover guruhi Shveytsariyaning Zenith ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda Chronomaster El Primero - maxsus soatlar seriyasini tayyorladi. Mazkur yangi liniya Range Rover Velar yo‘ltanlamas (vnedorojnik) sohiblariga atalgan. Bu haqida Motor'da xabar berildi. 

1969 yilda Rover kompaniyasiga tegishli birinchi yo‘ltanlamasning test prototipi paydo bo‘ldi. Uning nomi Velar bo‘lib, lotincha «velare» - "qoplamoq, yashirmoq" ma'nolarini anglatadi. O‘sha yilning o‘zida Zenith kompaniyasi El Primero (tarjimasi - "birinchi") nomi ostidagi avtomat zavodli xronograf prototipini ishlab chiqdi. U 1/10 soniyalik vaqt intervallarini o‘lchay olardi. 

Yangi Range Rover Velar'ga atalgan soatlar sayqallangan mis bilan qoplangan 42 millimetrli korpusga ega. Korpusning teskari tomonida, Range Rover va Velar nomlari o‘yilgan. Xronograf tasmasi rezinadan tayyorlangan va buzoqchaning to‘q ko‘k terisi bilan qoplangan (avtomobil o‘rindig‘ini qoplashda ham xuddi shunday), qisqichi esa titandan tayyorlangan.  

Soat narxi oshkor etilmadi. Odatiy Chronomaster El Primero 10 ming dollarga yaqin baholanadi. 

Mavzuga oid