Fuqaro xalqaro aeroportda 1 yarim mlrd sömlik tilla soatni noqonuniy olib ötmoqçi böldi. Bu haqda "Toşkent AERO" ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xabar qilmoqda.
Joriy yilning 24 avgust kuni soat 02:40 larda “Islom Karimov” nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti çegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Dubay-Toşkent yönalişi böyiça uçib kelgan Özbekiston fuqarosi tegişli tartibda tekşirilgan.
Natijada unga tegişli bölgan qöl sumkasi içidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy şaxslar tomonidan olib kiriş me’yoridan ortiq bölgan, qiymati 1 mlrd 540 mln 260 ming sömlik 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toşlar bilan bezatilgan Patek Philippe Geneve yozuvli qöl soati borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jismoniy şaxslarga oğirligi 200 grammgaça bölgan kumuşdan hamda 65 grammgaça bölgan oltin va boşqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirmasdan, uşbu miqdorlardan ortiq bölganlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida Özbekiston bojxona hududidan taşqariga olib çiqişga ruxsat beriladi.

















