Olimlar kattalar uçun kuniga örtaça 7–9 soat uyquni tavsiya etadi. Ammo köpçilik iş, öqiş yoki turmuş tarzi sabab yetarliça uxlaşga vaqt ajratmaydi. Natijada organizmda asta-sekin jiddiy muammolar yuzaga keladi.
Avvalo, miya faoliyati izdan çiqadi: diqqat susayadi, xotira zaiflaşadi, qaror qabul qiliş qobiliyati sekinlaşadi.
Uyqu yetişmasligi yurak-qon tomir tizimiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Qon bosimi oşişi, yurak uriş ritmining buzilişi va insult xavfining ortişi şular jumlasidandir. Bundan taşqari, uyqusizlik gormonal muvozanatni ham buzadi. Stress gormoni – kortizol miqdori oşib ketadi, insulin sezgirligi kamayadi, natijada 2-tur diabet xavfi kuçayadi.
Şuningdek, leptin va grelin kabi iştaha gormonlari muvozanati özgarib, odam köproq ovqatlana boşlaydi, bu esa semirişga olib keladi. Immun tizim ham zaiflaşadi: organizm virus va bakteriyalarga qarşi sustlaşadi, gripp va şamollaş kabi kasalliklar tez-tez takrorlanadi.
Eng e’tiborlisi, uyqu yetişmasligi taşqi körinişda ham namoyon böladi: teri rangparlaşadi, ajinlar köpayadi, odam özini doimiy çarçagan va toliqqan his qiladi.
Yetarliça uyquni öziga ravo körmagan inson faqat vaqtinçalik çarçoqqa emas, butun organizmga sekin-asta zarar yetkazadigan xavfli jarayonga yöl oçib bergan böladi.













