Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qandim gazni qayta ishlash zavodida 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Davlatimiz rahbari o‘zining saylovoldi dasturida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Buxoro viloyatini ham rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.
2016 yilda Buxoro viloyati iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur'atlari ta'minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,9 foizga oshdi. Viloyat yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi.
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi davom etmoqda. Majmua tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash tizimi kiradi. 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilgan bu loyiha O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishni yangi bosqichga ko‘taradi.
Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish majmualaridan biri bo‘lgan ushbu zavodda 2 mingdan ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026