Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda politsiyachi sherigini otib o‘ldirdi
Qozog‘istonda ixtisoslashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshqarmasi xodimi Qizilo‘rda shahridagi prokuratura binosida birga navbatchilikda turgan sherigini otib o‘ldirdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Qizilo‘rda viloyati ichki ishlar departamentiga asosan xabar bermoqda.
Fojia 8 mart kuni shahar prokuraturasining soqchilik xonasida ro‘y bergan.
"Qizilo‘rda viloyatining ixtisoslashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshqarmasi xodimi xizmat qurolidan o‘q uzgan, natijada u bilan bir naryadda bo‘lgan politsiyachi jarohat oldi va hayotdan ko‘z yumdi", - deya xabar berishgan politsiyada.
Gumonlanuvchi qamoqqa olindi. “Qotillik” moddasi bo‘yicha sudgacha surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026