Jahon | 16:57 / 11.03.2017
6792
1 daqiqa o‘qiladi

Madagaskar orolidagi FETÖ maktablari Turkiya ixtiyoriga topshiriladi

Fathulloh Gulen terrorchilik tashkiloti (FETÖ)ning Hind okeanida joylashgan Madagaskar orolidagi maktablari Turkiya ta'lim jamg‘armasi (TMV) ixtiyoriga beriladi.

Shu haqdagi kelishuvni Madagaskar ta'lim vaziri Pol Andrianain Rabaru va TMV rahbari o‘rinbosari Hasan Yovuz imzolagan. Imzolash marosimida Turkiyaning Afrika mamlakatidagi elchisi Vulqon Turk Vural ham ishtirok etgan. 

Yovuzning so‘zlariga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab, FETÖ’ning Madagaskardagi 3ta sobiq maktabida ta'lim berishning yangi tizimi joriy etiladi. 

Jamg‘arma rahbari o‘rinbosari, shuningdek, Maxadjanga shahrida TMV fondiga qarashli yangi maktabni ochishga ham kelishib olgan.

Shu bilan Turkiya bilan FETÖ maktablarini topshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan Afrika davlatlari soni 11taga yetdi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid