Jahon | 14:18 / 11.03.2017
4170
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya turkiyalik ishchilarni yollashga o‘rnatilgan taqiqni yaqin orada bekor qiladi

Turkiya fuqarolarining Rossiyada ishlashiga nisbatan cheklovlar tez orada bekor qilinadi. Bu haqda prezident Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘nggi matbuot anjumanida ma'lum qildi

«Tez orada Turkiyadan kelgan ishchilarni yollash bo‘yicha taqiq bekor qilinadi, Turkiya kompaniyalariga nisbatan cheklovlar bartaraf etiladi, viza tartibi soddalashtiriladi», - deb va'da berdi Rossiya rahbari. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalalar yuzasidan siyosiy qaror qabul qilingan, endilikda, gap ularni hayotga tatbiq etishda qolgan. 

Rossiya yetakchisining qayd etishicha, Moskva Turkiyani muhim hamkori deb biladi. «Biz oliy darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish niyatidamiz», - degan Putin. U mazkur uchrashuv bir yil ichida Erdo‘g‘an bilan to‘rtinchi bevosita ko‘rishuv ekanini ta'kidlagan. 

Putinning uqdirishicha, Rossiya terrorizmning har qanday ko‘rinishini qabul qila olmaydi, shu sababli aksilterror hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid