Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Videokameralar qaydlari asosida haydovchilarni jarimaga tortish jamoatchilik bilan muhokama etiladi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda shu yilning 15 mart kunidan boshlab videokameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilarni jarimaga tortish mexanizmi sinov tariqasida ishga tushirilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan muhokamada qatnashish istagida bulganlarni taklif etadi.
Tadbir shu yilning 13 mart kuni soat 14:30da “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tadi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishadi.

Tok-shou tarzida bo‘lib o‘tadigan tadbirda fikr-mulohazalar, takliflar, savol-javoblar, bahs-munozalar bilan o‘tishi kutilmoqda. Ishtirokchilar soni cheklangan.
Ma'lumot o‘rnida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida Ichki ishlar organlari faoliyatning shaffofligini, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni, ish natijalari to‘g‘risida aholini xabardor qilishni ta'minlash vazifasi belgilangan.
Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligini, yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish kabi masalalar Ichki ishlar organlari tomonidan 2017 yilning birinchi choragida hayotga tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
Murojaat uchun telefonlar: (+998 71) 230-59-93, (+998 71) 239-01-92
Mavzuga oid
15:13 / 12.09.2025
NNT ishiga noqonuniy aralashuvchi davlat xizmatchilari javobgarlikka tortiladi
18:49 / 01.03.2023
Tibbiy ma’lumotnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
01:08 / 01.03.2023
1 sentabrdan 10–11-sinf o‘quvchilari qiziqishiga mos dasturlar asosida o‘qitiladi – davlat dasturi
23:02 / 28.02.2023