«2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.

Unga köra, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalar berilişi bosqiçma-bosqiç elektron şaklga ötkaziladi.

Bunda:

- vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalarni beriş Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida — 2023 yil 1 iyuldan boşlab;

- Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlarida — 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab, respublikaning boşqa hududlarida — 2024 yil 1 yanvardan boşlab elektron şaklga ötkaziladi.

2024 yil 1 yanvardan boşlab vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalarni qoğoz şaklda talab qiliş taqiqlanadi.

2023 yil 1 iyuldan boşlab Toşkent şahrida bosqiçma-bosqiç davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlari joriy etiladi.

2023 yil yakuniga qadar nogironligi bölgan şaxslarni ambulator va statsionar şaroitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya çoralari bilan qamrab oliş kölami 30 ming nafarga yetkaziladi.