"Fuqarolik jamiyati, köpinça demokratiyaning asosi deb ataladi, uzoq vaqt davomida köplab possovet davlatlarida şubha, byurokratik tösiqlar va siyosiy bosimlarga duç keldi, – deb yozgan muallif. – Bir paytlar bundan mustasno bölmagan Özbekiston endi qarama-qarşi yönalişda keskin qadam taşladi. Yangi qonun nodavlat-notijorat taşkilotlarini çeklaş uçun emas, balki ularni himoya qiliş, imkoniyatlarini kengaytiriş va mamlakat boşqaruvi tizimiga integratsiya qiliş uçun işlab çiqilgan bölib, bu kuçliroq fuqarolik jamiyatiga yöl oçmoqda".
Köp yillar davomida Özbekiston qonunçiligi nodavlat-notijorat taşkilotlari (NNT) faoliyatiga davlat aralaşuvini rasman taqiqlagan edi. Ammo bir kamçilik bor edi: taqiqning kuçi yöq edi. Yangi qonun buni özgartirmoqda, u NNT işiga noqonuniy ravişda tösqinlik qiluvçi yoki aralaşuvçi davlat xizmatçilari uçun ma’muriy javobgarlikni joriy etadi. Endilikda qoidabuzarlarga bazaviy hisoblaş miqdoridan ön beş baravargaça jarimalar qöllanadi, takroriy qoidabuzarliklar uçun esa yanada qattiqroq jazolar belgilanadi.
"Bu katta özgarişdir. Miqdor böyiça talablarga rioya qiliş yuki mintaqaning aksariyat qismida hali ham butunlay NNT zimmasida. Şu bilan birga, amaldorlar öz vakolatlarini suiiste’mol qilganliklari uçun javobgarlikka tortilmaydilar. Aksinça, Özbekiston pretsedent yaratmoqda: fuqarolik jamiyatiga putur yetkazganda, davlatning özi ham hisobdor böladi", – deb ta’kidlangan naşrda.
Muallif ta’kidiga köra, heç qanday qonun, albatta, darmon emas. Uni amalga oşiriş, hayotga tatbiq etiş haqiqiy sinov böladi.
"Şunday bölsa-da, Özbekistonda uşbu qonunning qabul qilinişi muhim bosqiçdir. Mazkur hujjat Özbekistonda NNTga nisbatan hisobdorlik va özaro işonç davriga yöl oçayotganidan dalolat beradi", – deb urğulangan naşrda.













