2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasinining «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi prezident tomonidan imzolandi.

Unda ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar ham közda tutilgan. Jumladan:

a) 2023 yil 1 sentabrdan boşlab har bir tuman, şaharning bittadan umumiy örta ta’lim muassasasida öquvçilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga örgatiş amaliyoti bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi;

b) 2023/2024 öquv yilidan boşlab bosqiçma-bosqiç umumiy örta ta’lim muassasalarida öquvçilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, şuningdek, ularda kommunikativ könikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlaş, jamoa bölib işlaş, tadqiqotçilik kabi könikmalarni şakllantirişga yönaltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritiladi.

Bunda:

- umumiy örta ta’lim muassasalarining 1–4-sinflarida öquvçilarni ilğor xorijiy tajriba asosida işlab çiqilgan darsliklar böyiça öqitiş;

- 5–9-sinflarda öquvçilarga umumta’lim fanlaridan tayanç bilimlar beriş;

- 10–11-sinf öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatiga mos bölgan ixtisoslaşgan dasturlar asosida bilim beriş amaliyoti joriy qilinadi;

v) 2023/2024 öquv yilidan boşlab respublikaning barça viloyatlari va Toşkent şahrida boşlanğiç sinf öquvçilarini bepul ovqat bilan ta’minlaş yölga qöyiladi. Bunda, ovqat turlari öquvçilarning yoşi va soğliği holatiga köra me’yorlangan holda yetkazib berilişi hamda sanitariya talablariga javob berişi ta’minlanadi;

g) 2023 yil 1 apreldan boşlab maktabgaça ta’lim qamrovini kengaytiriş maqsadida:

- yangi maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyatini köp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib oliş va keyinçalik ularni ta’mirlaş hamda jihozlaş orqali taşkil etişga ruxsat etiladi;

- davlat-xususiy şeriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uçastkasida nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti binosini qurgan xususiy şerik tomonidan uşbu binoning mazkur loyiha uçun bank kreditlari böyiça garovga qöyilişiga oid çeklovlar bekor qilinadi;

d) professional ta’lim tizimini rivojlantiriş, mehnat bozori va iş beruvçilarning talablariga mos bölgan malakali örta böğin kadrlarini tayyorlaş maqsadida: 2023/2024 öquv yilidan boşlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim şakli böyiça ham ajratiladi;