22:06 / 12.03.2017
6777

A Seriya. «Quturgan» «Inter» qarshisidan «Atalanta» chiqib qoldi va turning boshqa natijalari

Italiya chempionatining 28-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

10 mart kuni o‘tkazilgan uchrashuvda «Yuventus» «Milan»ni 2:1 hisobida yenggandi. Bugun «Inter» «Atalanta»ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.  

O‘tgan turda «Kalyari»ni safarda 5:1 hisobida mag‘lub etgan milanliklar jamoasi bu safar «San-Siro»da 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning gollariga Mauro Ikardi (3ta), Ever Banega (3ta) va Roberto Galyardini mualliflik qildi. «Atalanta»ning birgina javob goli Remo Froyler nomiga yozildi. 

Endilikda «Inter» 54 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnida, «Atalanta» esa 52 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashdi.

«Napoli» ham o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan biri «Krotone»ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. G‘oliblarning ikki goliga Insine mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bir golni penaltidan aniq zarba bergan Dris Mertens kiritdi.

Endilikda neapolliklar turnir jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan. Jamoaning eng yaqin ta'qibchisi bo‘lmish «Roma» o‘z uchrashuvini 13 mart kuni «Palermo»ga qarshi o‘tkazadi.

Bugun tur doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda «Kevo» «Empoli»ni yirik hisobda taslim etdi (4:0), «Fiorentina» «Kalyari» darvozasiga 1ta gol urib, g‘alaba qozondi (1:0), «Peskara» va «Udineze» bahsida mehmonlarning qo‘li baland keldi (1:3). «Bolonya» esa «Sassuolo»ni Destroning goli evaziga mag‘lub etib qaytdi.

Italiya A Seriyasi, 28-tur

Inter – Atalanta 7:1 (5:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Ikardi, 2:0 – 23, penalti Ikardi, 3:0 – 26 Ikardi, 4:0 – 31 Banega, 5:0 – 34 Banega, 5:1 – 42 Froyler, 6:1 – 52 Galyardini, 7:1 – 67 Banega.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Medel, Miranda, Ansaldi, Galyardini, Kondogbia, Kandreva, Banega (Joau Mariu, 70), Perishich (Eder, 82), Ikardi (Palasio, 77).
Atalanta – Berisha, Toloi, Kaldara, Zukanovich, Konti, Kessie (Bastoni, 61), Froyler, Spinatstsola (D'Alessandro, 69), Kurtich, Gomes (Mune, 61), Petanya.
Ogohlantirishlar: Toloi (15), Berisha (23), Zukanovich (25), Ikardi (28), Ansaldi (61), Kurtich (71), Galyardini (76).

Napoli – Krotone 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 32, penalti Insine, 2:0 – 66, penalti Mertens, 3:0 – 70 Insine.
Napoli – Reyna, Husay, Kirikesh, Kulibali, Strinich, Rog (Zelinski, 55), Jorjino, Gamshik, Kallejon, Pavoletti (Mertens, 62), Insine (Jakkerini, 72).
Krotone – Kordats, Sampirizi, Dyusen (Kuomo, 87), Ferrari, Martella, Roden, Kapetstsi, Krisetig (Barberis, 71), Stoyan, Trotta (Akosti, 79), Falchinelli.
Ogohlantirishlar: Rog (27), Martella (42), Krisetig (54), Ferrari (87).

Fiorentina – Kalyari 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Kalinich.
Fiorentina – Teterushanu, Tomovich (Sanches, 66), Rodriges, Astori, Keza, Valero, Vesino, Telo, Bernardeski (Badel, 80), Saponara (Ilichich, 66), Kalinich.
Kalyari – Bittenkur, Isla, Pizakane, Alvesh, Murru (Miange, 46), Dessena, Taxtsidis, Ionitse (Padoin, 85), Barella, Joao Pedro (Sau, 73), Borrello.
Ogohlantirishlar: Tomovich (56), Astori (61), Miange (77).

Sassuolo – Bolonya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Destro.
Sassuolo – Konsili, Gatstsola, Kannavaro, Acherbi, Peluzo, Pellegrini (Missiroli, 67), Akvilani (Raguza, 63), Dankan, Berardi, Matri (Yyemmello, 78), Politano.
Bolonya – Mirante, Torosidis (Kraft, 72), Mayyetta, Xelander, Masina, Donsa (Viviani, 56), Pulgar, Djyemaili, Verdi, Destro, Di Franchesko (Kreychi, 79).
Ogohlantirishlar: Kannavaro (25), Xelander (34), Berardi (41), Destro (59), Politano (60), Di Franchesko (64), Torosidis (64), Masina (82).

Peskara – Udineze 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 20 Sapata, 0:2 – 51 Yankto, 0:3 – 55 Tereo, 1:3 – 83 Muntari.
Peskara – Bissarri, Dzampano, Stendardo (Fornaze, 7), Bovo, Biragi, Bruno, Memushay, Verre (Muntari, 46), Benali, Cherri, Mitritse (Kastanos, 64).
Udineze – Karnezis (Skuffet, 79), Vidmer, Larangeyra, Andjyella, Samir, Agemang-Badu, Xadlvredsson (Kums, 70), Yankto, de Paul, Sapata, Tereo (Silva, 73).
Ogohlantirishlar: Xadlvredsson (35), Bruno (39), Larangeyra (43), Bovo (52), Silva (86), de Paul (90).

Kevo – Empoli 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 22 Ingleze, 2:0 – 40 Pellisse, 3:0 – 75 Birsa, 4:0 – 89 Tsesar.
Kevo – Sorrentino, Kachchatore, Spolli, Tsesar, Gobbi, Kastro, Radovanovich, Xetemay (Depaoli, 89), Birsa (Kiyine, 84), Pellisse (Basten, 72), Ingleze.
Empoli – Skorupski, Lorini, Bellushi, Kosta, Paskual, Krunich, Al-Haji, Kroche, Al-Kadduri (Marilungo, 81), Puchcharelli (Dimarko, 59), Makkarone (Tyam, 53).
Ogohlantirishlar: Al-Haji (55).

Mavzuga oid
Top