Ispaniya: Karreras qutqardi

«Valensiya» – «Real» 0:2
Gollar: Karreras, 65 (0:1). Mbappe, 90+1 (0:2)
«Valensiya»: Dimitriyevski, Kopete, Eray Jyemert, Xose Gayya, Nunes (Korreya, 73), Pepelu (Rodriges, 73), Ugriniç (Gerra, 81), Gruneveld, Rioxa (Sodiq, 81), Duro, Beltran (Ramazoniy, 81)
«Real»: Kurtua, Raul Asensio, Hausen, Karreras, Himenes (Aleksandr-Arnold, 76), Tşuameni, Kamavinga, Valverde (Sestero, 90+2), Mbappe, Garsiya (Dias, 76), Arda Guler (Mastantuono, 82)
Ogohlantirişlar: Kopete, 88 – Karreras, 69

«Barselona» şanba kungi öyinda «Malyorka» ustidan işonçli ğalabaga erişgandi (3:0), şu tufayli «Real» peşqadam bilan oradagi minimal farq saqlanib qolişi uçun öz öyinida ğalaba qozonişi talab etilardi. Va bu işni jarohat tufayli safdan çiqqan Bellinghem va Rodrigo, şuningdek, diskvalifikatsiyaga uçragan Vinisiussiz uddalaş kerak bölardi.

Alvaro Arbeloa boşlanğiç tarkibda tuşirgan futbolçilar esa birinçi bölimda deyarli heç narsa qila olişmadi. Dastlabki 45 daqiqalikda yodda qolarli kam sonli vaziyatlardan biri 28-daqiqada Mbappe 21 yoşli Ximenesni yaxşi vaziyatga çiqarişi böldi, ammo şu kuni «Real» asosiy tarkibida la ligada debyut qilgan yoş futbolçining zarbasi mezbonlar darvozaboniga qiyinçilik tuğdirmadi.

Hakam bölimga biror daqiqa qöşib bermagani ham birinçi bölim qançalik zerikarli keçganini tasdiqlaydi.

Jamoalar ikkinçi bölimni ham juda sust boşlaşdi. 60 daqiqaga kelib jamoalarda xG körsatkiçi juda ğaribona körinişda edi: «Valensiya»da 0,20, «Real»da 0,32.

Hujumçilarning işlari yurişmaganda esa odatda himoyaçilar barçasini öz zimmasiga oladi va bu safar ham şunday böldi. 65-daqiqada Karreras «Real»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Çap qanot himoyaçisi  jarima maydoniga yorib kirib, raqibning uç futbolçisini ortda qoldirdi va töpni törtinçisining oyoqlari orasidan ötkazib, darvoza töriga yölladi.

71-daqiqada «Real» gol ötkazib yuborişiga bir baxya qoldi, ammo Beltranning zarbasidan keyin töp ustunga bordi. Bu mezbonlarning öyindagi yagona vaziyati bölib qoldi. Butun uçraşuv davomida Kurtua birorta seyv amalga oşirişiga hojat bölmadi. «Real» esa öyinga qöşib berilgan daqiqalarda ikkinçi golni ham urdi. Braim çap qanot böylab yugurdi va töpni jarima maydoniga oşirdi, u yerda turgan Mbappe heç qanday qarşilikka uçramasdan, darvozani işğol etdi. Bu fransuz hujumçisi uçun çempionatning 22-öyinidagi 23-gol böldi.

«Real» hamon «Barselona»ni bir oçkolik farq bilan ta’qib etmoqda. «Valensiya»ni esa xavfli hududdan atigi bir oçko ajratib turibdi.

Italiya: «Inter» 5 ta gol urdi

«Sassuolo» – «Inter» 0:5
Gollar: Bissek, 11 (0:1). Tyuram, 28 (0:2). Martines, 50 (0:3). Akanji, 54 (0:4). Luis Enrike, 89 (0:5)
«Sassuolo»: Muriç, Idzes, Muxaremoviç, Doyg (Garsiya, 71), Valyukeviç, Matiç, Kone, Torstvedt, Lorente (Kulibali, 60), Berardi (Lipani, 60), Pinamonti (Nzola, 71)
«Inter»: Zommer, Akanji, Bastoni (Darmian, 64), Bissek, Zelinski (Frattezi, 64), Suçiç, Mxitaryan (Diuf, 71), Dimarko, Luis Enrike, Tyuram (Bonni, 76), Martines (Espozito, 76)
Ogohlantirişlar: Matiç, 54 – Dimarko, 82
Çetlatiş: Matiç, 54 (ikkinçi sariq)

Fantastik mavsum ötkazayotgan Dimarko navbatdagi kuçli öyinini ötkazdi. Yanvar oyida A Seriyaning eng yaxşi himoyaçisi sifatida taqdirlangan futbolçi öyin boşida darvoza töriga kirib ketayotgan töpni töxtatib qoldi. Keyin esa uning burçakdan oşirgan uzatmasini Bisseka golga aylantirdi. Federikoning özida ham gol uriş uçun bir neça variantlar böldi, lekin u yaxşiroq uddalaydigan iş – golli uzatmalar berişdir. Bölim örtalarida uning qanotdan uzatmasidan keyin Tyuram ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Dimarko uçun bu joriy mavsumdagi öninçi golli pasga aylandi.

«Sassuolo» öyinga intrigani qaytarişi mumkin edi, ammo mezbonlarning birinçi bölim oxiridagi goli kiçik ofsayd tufayli bekor qilindi. Ikkinçi bölim boşida Lautaro Martines jarima maydoni markazida havodagi töp uçun kuraşda yutib çiqib, ikkinçi teginişda darvozani işğol etganida amalda öyin taqdiri hal böldi. Milanliklar sardori navbatdagi golidan keyin klub töpurarlari röyxatida uçinçi öringa çiqib oldi (171 gol). Ammo öyinning asosiy qahramoni u emas, Dimarko böldi, u Akanjiga ham «Inter»dagi ilk golini urişda yordam berib, assistlar böyiça het-trik qayd etdi. Öyinning sönggi daqiqalarida esa joriy mavsum arafasida «Marsel»dan olib kelingan Luis Enrike Italiyadagi ilk golini urişga erişdi. Kristian Kivu şogirdlari skudetto ğolibligi uçun asosiy da’vogar bölib qolmoqda – ikkinçi örinda kelayotgan «Milan» (zaxirasida bitta öyin bor) bilan oradagi farq 8 oçkoni taşkil etmoqda.

Germaniya: «Bavariya» ham 5 ta gol urdi

«Bavariya» – «Hoffenhaym» 5:1
Gollar: Keyn, 20 – penalti (1:0). Kramariç, 35 (1:1). Keyn, 45 – penalti (2:1). Dias, 45+2 (3:1). Dias, 62 (4:1). Dias, 89 (5:1)
«Bavariya»: Noyyer, Upamekano, Ta (Ito, 63), Deyvis (Laymer, 80), Stanişiç, Kimmih, Pavloviç, Gnabri (Musiala, 63), Dias, Olise (Karl, 63), Keyn (Jyekson, 68)
«Hoffenhaym»: Baumann, Ozan Kabak, Akpoguma, Haydari, Tsoufal, Premel, Avdullahu (Juriç, 81), Kramariç (Gendri, 71), Prass (Moerstedt, 81), Ture (Damar, 71), Asllani (Bebu, 66)
Ogohlantirişlar: Olise, 13. Ta, 59 – Prass, 6. Avdullahu, 44
Çetlatiş: Akpoguma, 17

«Bavariya» sönggi vaqtlarda kamtarona raqiblarga qarşi öyinlarda öziga özi muammo yaratiş bilan maşğul bölmoqda. Myunxenliklar avvaliga öz uyida «Augsburg»ga yutqazdi, keyin «Hamburg» bilan durang öynadi, ammo peşqadamlar guruhida borayotgan «Leypsig» yakson etildi (5:1). Uçinçi örindagi «Hoffenhaym»ga qarşi öyin esa Vensan Kompani şogirdlari bundesliganing örtamiyona va kuçsiz raqiblariga qarşi öynaşdan zerikkani, unga faqat nomdor raqiblar kerakligi haqidagi nazariyani isbotlaş uçun navbatdagi sinovga aylandi.

Amalda barçasi köringanidek oson keçmadi. «Bavariya» penalti orqali ança erta hisobni oçgan va Akpogumaning çetlatilişi tufayli son jihatdan köpçilik bölib olganiga qaramay, mehmonlar ança jiddiy qarşilik körsatişdi. Myunxenliklar muntazam ravişda xavfli vaziyatlar yaratgan bölsa-da, jamoa mudofaa çiziğida vaziyat oğirligi körinib qolmoqda. Faqat Ozana Kabak bir neça metrdan töğri zarba bera olmadi, Asslanining zarbasidan keyin töp tösinga bordi, Kramariç yakkama-yakka vaziyatga çiqib kelganida esa Noyyer aqlbovar qilmas seyv ijro etdi – «qişloqilar» jamoasi amalda birinçi bölimning özida bir neça gol urib taşlaşi mumkin edi.

Kuçli pressing orqali mehmonlar baribir öz maqsadiga erişdi va Noyyerning töp uzatişdagi xatoligi Asslani töpni egallab olişi va Kramariç ikkinçi vaziyatidan foydalanişi bilan yakunlandi.

Ammo bölim oxirida «Hoffenhaym»ning yana bir himoyaçisi Tsoufal barçasini barbod qildi. Tajribali himoyaçi jarima maydoni içida Diasni yiqitdi va öz jamoasi darvozasiga ikkinçi bor penalti belgilanişiga sababçi böldi. Bir neça daqiqa ötib u kolumbiyalik hujumçiga yana bir yakkakuraşni boy berdi va u osonlik bilan uçinçi golni urişiga qöyib berdi. Noyyer esa öz aybini yuvib, yana bir ajoyib seyv ijro etgan holda raqibga öyinga qaytiş imkonini bermadi.

Ikkinçi bölim boşida Dias ikkinçi golni urib, amalda öyin taqdirini hal qildi, sönggi daqiqalarda esa het-trikni rasmiylaştirdi.

«Bavariya» «Hoffenhaym»ning beş ğalabadan iborat seriyasini töxtatdi va endi Dortmundning «Borussiya» klubi bilan oradagi farqni olti oçkoga yetkazdi. Uşbu ikki jamoa 28 fevral kuni Dortmundda çempionlik öyinida maydonga tuşadi.

Fransiya: «PSJ» ham 5 ta gol urdi

«PSJ» – «Marsel» 5:0
Gollar: Dembele, 12 (1:0). Dembele, 37 (2:0). Medina, 64 – avtogol (3:0). Kvaratsxeliya, 66 (4:0). Li Kan In, 74 (5:0)
«PSJ»: Safonov, Markinos, Paço, Nunu Mendeş, Zair-Emeri (Ernandez, 75), Vitinya, Mayulu (Fernandes, 75), Joau Neveş, Barkolya (Li Kan In, 68), Due (Kvaratsxeliya, 62), Dembele (Ramuş, 75)
«Marsel»: de Lange, Balerdi, Medina, Pavar (Abdelli, 62), Heyberg, Timber, Emerson, Vea, Grinvud (Nadir, 80), Nvaneri (Payşao, 46), Guiri
Ogohlantirişlar: Vitinya, 9. Zair-Emeri, 59 – Emerson, 82. Balerdi, 90

Fransiya çempionatining 21-turidagi markaziy uçraşuv «PSJ» va «Marsel» örtasida keçdi. Kuçli törtlik uçun kuraşayotgan uşbu raqib bu mavsumda ikki bor parijliklarga jang taklif qilgandi: çempionatning birinçi davrasida öz maydonida ğalaba qozongan, Superkubok uçun bahsni esa penaltilar seriyasigaça olib borgandi. Janubliklarning bu öyindagi ğalabasi oltin uçun poygada intrigani kuçaytirgan bölardi: «Lans» birinçi öringa çiqişi, «Marsel» esa «PSJ» bilan oradagi farqni 6 oçkoga qisqartirişi mumkin edi.

Ammo bularning barçasi qoğozda qoldi va parijliklar ilk daqiqalardan hujumga taşlanib, dastlabki 12 daqiqa içida uçta golli vaziyat yaratdi – Due va Barkolya öz vaziyatlaridan foydalana olmagan bölsa-da, Dembele Nunu Mendeşning uzatmasidan keyin hisobni oçdi.

37-daqiqada esa Dembele bejiz «Oltin töp» olmaganini namoyiş etdi: u raqib jarima maydoni içida ajoyib dribling işlatdi va himoyaçilarni yöldan olib, darvozaning yaqin burçagini aniq nişonga oldi – 2:0.

Ikkinçi bölimni ham mezbonlar birinçisi kabi hujumkor boşladi: Due va Barkolyaning zarbalaridan keyin töp turli ustunlarga bordi, Dezire esa 54-daqiqada Mendeşning qanotdan uzatmasidan keyin töpni böş darvozaga kiritib yubora olmadi.

Navbatdagi epizodda esa Barkolya yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, ammo uç daqiqa ötib mehmonlar özi yordam berib yubordi – Medina öz darvozasini işğol etib qöydi.

Ikki daqiqa ötib Kvaratsxeliya hisobni 4:0 körinişiga keltirdi.

Öyinga yakuniy nuqtani esa Li Kan In qöydi – 5:0.

Total ustunlikka erişgan «PSJ» turnir jadvalidagi peşqadamlikni saqlab qoldi, aşaddiy raqibdan uçralgan şarmandali mağlubiyat esa Roberto De Dzerbi «Marsel»dan ketişiga olib kelişi mumkin.