Jahon | 17:36 / 12.03.2017
7885
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya bosh vaziri Turkiya bilan ziddiyat bartaraf etilishiga va'da berdi

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Turkiya bilan diplomatik ziddiyatni hal etish uchun barcha choralar ko‘rilishiga va'da berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.

«Biz hech qachon bunday vaziyatga tushmagan edik. Ammo bu vaziyatda aql bilan ish tutamiz. Agar Turkiya vaziyatni keskinlashtirishga urinayotgan bo‘lsa, biz vaziyatni izga solish ustida ish olib boramiz», — degan u.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, bu holat Niderlandiya tarixida ro‘y bergan eng yomon hodisadir.

Bundan oldinroq Turkiya bosh vaziri Niderlandiyaning «fashistlar» ga xos metodlariga qarshi keskin choralar ko‘rilishidan ogohlantirgandi.

11 mart kuni Niderlandiya hukumati xavfsizlik yuzasidan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagach, Fatma Betul Sayan Kaya Germaniyadan mashina orqali Niderlandiyaga yo‘l olgan edi. Chovusho‘g‘li va delegatsiyaning boshqa a'zolari Turkiyadagi konstitutsiya referendumiga bag‘ishlangan mitingda nutq so‘zlashni rejalashtirgandi.

Kayya Niderlandiyaga kelganda, bu mamlakatning ichki ishlar vazirligi xodimlari Turkiyaning Rotterdamdagi bosh konsulligi qarorgohi yonida uning avtomobili yo‘lini to‘sishdi va u mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid