Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada 40dan ortiq mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisalari ro‘y berdi
Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Al-Forobiy shohko‘chasida yirik yo‘l transport hodisalari ro‘y berdi. Xabar qilinishicha 40dan ortiq mashina bir-biriga urilgan. STV kanali ma'lumotiga ko‘ra, avariya oqibatida yo‘lda harakat to‘xtab qolgan va bir necha kilometrga cho‘zilgan tirbandlik yuzaga kelgan.
Birinchi avariya Al-Forobiy shohko‘chasi va Mustafin ko‘chasi kesishmasida 6 avtomobil ishtirokida ro‘y bergan. Yana ikki YTH 7 mashina ishtirokida Dulati ko‘chasida sodir bo‘lgan. Navoy va Ro‘ziboqiyeva ko‘chalari joylashgan hududda yana 3ta avariya kuzatilgan va buning natijasida 7 avtomobil shikastlangan.



Shuningdek, 10 avtomobil ishtirokida halqa yo‘lining sharqiy qismida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.


Ushbu to‘qnashuvlar tufayli dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra 2 kishi jarohatlangan. Ular shifoxonaga og‘ir ahvolda olib borilgan.


Hodisalar sabablari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026