Rossiyada navbatdagi enaga qotilligi qayd etildi

2017 yilning 19-fevralida dahshatli fojia ro‘y berdi. Bir necha yil ilgari Nigeriyadan Rossiyaga kelgan ayol huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi: u o‘g‘lining yo‘qolgani haqida ma'lum qildi. "Dni.Ru" shu haqida xabar berdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘lini oxirgi marta ko‘rgan inson 32 yoshli enaga bo‘lgan. Biroq u bolani onasining dugonalaridan biriga berganini ta'kidlagan.
Huquq himoyachilari bu ma'lumotni tekshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular videokuzatuv kameralaridagi barcha yozuvlarni to‘plab, bola enaganing uyidan tashqariga chiqmaganini aniqlashdi.
"Barcha videoroliklarni bir sutkadan ortiq ko‘zdan kechirdik. Enaga bolani topshirganini aytgan taxminiy joygacha bo‘lgan videoni ham topdik. Biroq kadrlar uning so‘zlarini tasdiqlamadi", - dedi Tergov qo‘mitasi xodimi Konstantin Baranov.
Shunda tergovchilar bolani Krasnodarda yashovchi enaganing uyidan izlab ko‘rishga qaror qilishdi. Bola enaganing garajidagi chuqurchadan topildi.
"Qazishni boshladim, u yerda esa - qora polietilen paket, ichida - dahshatli topilma", - deydi Tergov qo‘mitasi xodimi Aramis Kazaryan.
Enaga amalga oshirgan mudhish qilmishiga iqror bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. U bolani o‘lik holda topgani, uni hushiga keltirmoqchi bo‘lgani, ammo qo‘rqib ketganidan uning tanasini ko‘mib qo‘yishga qaror qilganini aytdi. Taxminiy qotil bir hafta davomida bolaning hayotdan ko‘z yumganini onadan yashirgan.
Keyinroq jinoyatchi o‘z ko‘rsatmalaridan bosh tortdi. Tergovchilar bolaning o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyani ham inkor qilishmayapti: uning tanasida bo‘g‘ishning iziga o‘xshash belgilar aniqlangan. Hozirda jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:32
-
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
Jahon | 12:25
-
Britaniya universiteti O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:15
-
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi
Jahon | 12:05
Mavzuga oid

09:15
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025