Buyuk Britaniya hukumati tomonidan e’lon qilingan qöşma bayonotga köra, uçraşuvda Ukrainaga harbiy yordamni kuçaytiriş, Rossiya iqtisodiyotiga bosimni oşiriş hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari va uzoq masofali raketalarni birgalikda işlab çiqariş masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar, şuningdek, Kiyev va Moskva örtasida bölişi mumkin bölgan har qanday tinçlik muzokaralarida Yevropa davlatlarining faol iştiroki muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.
Qöşma bayonotda tinçlikka erişişning beş asosiy şarti keltirildi.
Birinçisi — zudlik bilan jangovar harakatlarni töxtatiş.
Ikkinçi şartga köra, hozirgi front çiziği muzokaralar uçun boşlanğiç nuqta sifatida qabul qilinişi mumkin. Şu bilan birga, xalqaro çegaralar kuç işlatiş orqali özgartirilmasligi va Ukrainaning öz xavfsizligini ta’minlaş mexanizmlari hamda xalqaro ittifoqlarni mustaqil tanlaş huquqi hurmat qilinişi lozimligi ta’kidlangan.
Uçinçi şart — öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirgaç, Ukrainaga yuridik jihatdan majburiy bölgan xavfsizlik kafolatlari berilişi. Bu kafolatlar doirasida mamlakat hududiga köp millatli xavfsizlik kuçlarini joylaştiriş ham közda tutilgan.
Törtinçi şartga muvofiq, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari Moskva Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarni töxtatmagunça va yetkazilgan zararni qoplamaguniça saqlanib qoladi.
Beşinçi şart esa har qanday tinçlik kelişuvi Yevropa xavfsizligi manfaatlarini ham himoya qilişi kerakligini nazarda tutadi. Bayonotda qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqi va NATOga daxldor masalalar böyiça qarorlar uşbu taşkilotlarga a’zo davlatlar roziligi bilan qabul qilinişi lozim.
Uçraşuv Rossiya va Ukraina örtasidagi ehtimoliy muzokaralar muhokama qilinayotgan bir paytda bölib ötdi. Avvalroq Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga oçiq maktub yöllab, uruşni yakunlaş va şaxsiy uçraşuv sanasini belgilaşni taklif qilgan edi.
Zelenskiyning bildirişiça, ikki tomonlama muloqotlarga Yevropa davlatlari va AQŞ ham qöşilişi mumkin.
Biroq Kreml rahbari Vladimir Putin mazkur taklifga ehtiyotkorona munosabat bildirib, hozirça bunday uçraşuvdan ma’no körmayotganini aytdi. U şuningdek, harbiy harakatlar Rossiya öz maqsadlariga erişganidan keyin tugaşini ta’kidladi.

















