Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand hokimi Tataristonning bir qator sanoat zonalarini ko‘zdan kechiradi
Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev bugun, 12 mart kuni Tataristonga ishchi tashrif bilan bordi. "Qozon" xalqaro aeroportida hokimni Tatariston Respublikasi (TR) bosh vaziri Ildar Xalikov kutib oldi. Bu haqida respublika rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Himmat Oqbo‘tayev Tataristonga tashrif davomida "Olabug‘a" iqtisodiy zonasi, "Kamaz" avtomobil zavodining ishlab chiqaruvchi maydonlari, "Eydos" tibbiyot ilmi markazi va "Qozon" agrosanoat parkiga borishni rejalashtirmoqda. Shuningdek Samarqand hokimi "AT-park" texnoparki va Innopolis ilmiy shaharchasi misolida mintaqadagi AT-texnologiyalar rivoji bilan tanishadi.
Bundan tashqari, Oqbo‘tayev "Energetika. Resurslarni tejash" XVIII xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasining ochilishida ham ishtirok etadi. Shundan so‘ng u TR Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimotini o‘tkazadi.
14 mart, seshanba kuni Himmat Oqbo‘tayev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi. Uchrashuv Tatariston prezidentining Qozon Kremlida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.
Mavzuga oid
18:19 / 13.07.2026
Bekobodda yangi sohil, muzey va bog‘: prezident amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
12:17 / 13.07.2026
Urgutda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026