Prezident Şavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni Toşkent viloyatining Bekobod şahriga taşrifi davomida “Xos yoz” kanali böyi va Döstlik mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, hududni kompleks rivojlantiriş böyiça master-reja doirasida 3 kilometr uzunlikda maxsus piyodalar yölagi va 5,4 kilometrlik mustahkam tösiqlar qurildi, 2 ta köprik qad rostladi. Şuningdek, loyiha natijasida sohil böyida 27 ta yangi savdo va zamonaviy xizmat körsatiş obekti taşkil etilib, 167 ta yangi doimiy iş örni yaratildi.

Davlat rahbari bu yerda sport bilan şuğullanayotgan yoşlar bilan suhbatlaşdi.

Döstlik mahallasi hududi hozir 28 gektarni taşkil etadi. Bu yerda 33 ta köp qavatli uy, xususiy maktabgaça ta’lim taşkiloti, futbol maydoni, 16 ta sport va bolalar maydonçasi hamda kutubxona mavjud.

Ta’kidlanişiça, joriy yilda tadbirkorlar tomonidan 1,1 milliard söm investitsiya kiritilib, 10 ta xizmat körsatiş obekti va 1 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçasi taşkil etildi. Natijada 25 ta yangi iş örni yaratildi. Şuningdek, taşabbuskorlar mablağlari hisobidan “Vatanparvar boği” ham barpo qilindi. Unda harbiy texnika namunalari örnatilib, xizmat körsatiş obektlari qurildi.

“Taşabbusli budjet” mablağlari hisobidan mahalla hududida Bekobod şahri muzeyi taşkil etildi.

Mahallada keksalar va mehnat faxriylarining dam olişi, uçraşuvlar, davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ötkaziş uçun yoğoç konstruksiyali yozgi şiypon qad rostladi.

Davlat rahbari mahalladagi bunyodkorlik işlarini közdan keçirib, aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Mahalla faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy muloqot qildi.

– Barça amalga oşirayotgan işlarimiz, barpo etilayotgan obektlarimiz va loyihalarimiz, avvalo, aholiga xizmat qilişi, insonlar hayotini yaxşilaşi kerak. Odamlar öz mahallasida, şahrida keçayotgan özgarişlarni his qilişi, ularning samarasini kundalik hayotida körişi kerak.