Jamiyat | 15:41 / 12.03.2017
26589
5 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidan 5 million kishi deportatsiya qilinadi

Saudiya Arabistoni o‘z aholisining taxminan 20 foizi - besh million noqonuniy migrantni deportatsiya qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqmoqda. Bu haqidagi qaror mamlakat Konsultativ assambleyasida (Sho‘ro) deputat doktor Sadqa Fadel tashabbusi bilan muhokama qilinmoqda. Al-Hayat gazetasida xabar qilinishicha, qirollik hukumati migrantlar ulardan Saudiya fuqaroligini talab qilishidan xavfsiramoqda. Noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarishga oid kampaniya birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q: 2012-2015 yillarda davlatdan 243 ming pokistonlik chiqarib yuborilgan - ularning ba'zilari terrorizmda ayblangan. 

Qirollikda ommaviy migratsiyaga 1970-yillarda, o‘sha paytdagi neft bumi fonida start berilgan. U paytlar xorijliklarni nafaqat o‘sayotgan iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib qabul qilingan, balki Saudiya qonunchiligi ham bunga sabab bo‘lgan. Mamlakatda joriy qilingan cheklovlarga ko‘ra, ayollar avtomobil boshqarish huquqiga ega emas. Migrantlar haydovchi bo‘lib ishga kirishgan, bundan tashqari, ular yuk tashish, bolalarga enagalik qilish kabi vazifalarni bajarishgan. 

Saudiya migratsiya tizimi "kafala" nomini olgan. Unga ko‘ra, yashash uchun keluvchining huquqi unga ish beruvchining niyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Migrantni qabul qilgan saudiyalikning ruxsatisiz u ish joyini o‘zgartira olmaydi. 

Shunga qaramay, migrantlarning hammasi ham sohiblariga yaqin joyda yashash huquqiga ega bo‘lmagan. Saudiya shaharlarida migrantlar gettosi (xorijliklar yashaydigan hudud) hosil bo‘lgan. 2010 yilgi ro‘yxatga olish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ularning umumiy soni mamlakatning 30 foizini tashkil qiladi. 

Statistikaga ko‘ra, mamlakat aholisining 12 foizi ishlamaydi, boz ustiga 25 foiz yoshlar va 75 foiz ayollar ham shular jumlasidandir. The Guardian gazetasining baholashicha, saudiyalik ish beruvchilar hatto mahalliy ishchilarni yollash mumkin bo‘lgan holatlarda ham xorijliklarga murojaat qilishar ekan. "Iqtisodiyotning butun boshli sektorlari tashqaridan kelganlar tomonidan nazorat qilinadi", - deyiladi nashrda. 

Aksariyat saudiyaliklar migratsiya jinoyatchilik darajasini oshiradi, muhojirlar esa iqtisodiy jihatdan yaxshi ta'minlangan mahalliy aholiga hujum qilishadi, deb hisoblashadi. Biroq muhojirlarning o‘zi ham ulardan norozi. 2014 yildan boshlab, ya'ni neft narxi ko‘tarilganidan keyin mamlakatda mehnat haqi to‘lanmagan pokistonlik ishchilarning  norozilik namoyishlari bo‘lib turadi. 2017 yil yanvarida to‘qnashuvlar muqaddas Makka shahrigacha yetib bordi va bu xorijliklarning hibsga olinishi bilan tugadi. Bu fonda Human Right Watch huquqni muhofaza qiluvchi tashkiloti gastarbayterlarning huquqlari ommaviy buzilishi haqida bong urmoqda, bu ayniqsa kafala tizimida yaqqol ko‘zga tashlanishi qayd etilmoqda. 

Bundan tashqari, dinniy ziddiyatlar ham vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Saudiya Arabistonidagi ish beruvchilar - musulmonlar, bu yerga keluvchi ishchilarning ba'zilari esa nasroniylardan iborat. Bu ayniqsa qo‘shni Efiopiyadan kelganlar va filippinlik enagalarga taalluqli. Biroq qirollik qonunlariga ko‘ra, bu yerda cherkov qurish taqiqlanadi. 

Nasroniylar bilan ziddiyatlardan tashqari, Saudiya hukumati islom dinini niqob qilib olgan ekstremistlardan ham xavotirda. 2016 yilda pokistonlik Abdulla Gulzir Xon Jiddadagi Amerika konsulligi oldida o‘zini portlatib yuborgan. Shuningdek yana bir necha pokistonlik tolibonlar bilan aloqada gumon qilinib qo‘lga olingan. 

Saudiya Arabistonida yuksak darajada qabul qilingan "Dastur - 2030" loyihasi xom-ashyo tobe'ligidan xalos bo‘lishni maqsad qilgan. Mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bu rejaning muhim bir qismi hisoblanadi.

Shu maqsadda mamlakatdagi ishsizlik muammosini bartaraf qilish zarurligi qayd etilmoqda. Ishsizlikning boshqa bir sababi - migrantlarga kamroq ish haqi to‘lanishi. 

Ar-Riyodda 2013 yildan buyon amalga oshiriladigan deportatsiyalarga mamlakatdagi muhitni sog‘lomlashtirish dasturining bir qismi sifatida qaraladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid