Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda dafn marosimidan qaytayotgan 6 kishi halok bo‘ldi, 20 nafari jarohatlandi
Dushanbe chekkasidagi Vahdat shaharchasida dafn marosimidan qaytayotgan olti kishi YTH natijasida halok bo‘ldi, yigirma nafari turli jarohat oldi. Bu haqida Tojikiston IIV vakili Umarjon Emomali ma'lumotiga asoslanib, CA-News xabar berdi.
"Halok bo‘lganlarning barchasi - Dushanbe chekkasidagi shaharcha qabristonidan dafn marosimidan qaytayotgan yosh yigitlar bo‘lgan", - dedi u.
Huquq-tartibot organi xodimining so‘zlariga ko‘ra, marhumning dafn marosimida ishtirok etganlarni olib ketayotgan "ZIL" yuk mashinasi yo‘lda tepalikdan qulab, ag‘anagan.
Baxtsiz hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimidan keyin yoshlar "ZIL"ga o‘tirib qaytayotgan bo‘lishgan. Kutilmaganda mashina tormozi ishdan chiqib, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va natijada yuk mashinasi tepalikdan qulagan.
Vahdat IIB navbatchi xodimining so‘zlariga ko‘ra, turli jarohatlar olgan kamida 20 kishi Vahdat va Dushanbe shifoxonalariga yetkazilgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
08:45 / 15.05.2026
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
09:07 / 14.05.2026
Rossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
16:10 / 13.03.2026