Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,5 mln.dan ortiq Instagram-sahifa "buzilish" xavfi ostida turibdi
Instagram servisining 1,5 mln.dan ortiq a'zosi foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlaydigan firibgarlari qurboni bo‘lishi mumkin. Bu haqda ESET antivirus kompaniyasi ma'lum qildi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, firibgarlar Google Play do‘koniga Instagram'dagi o‘quvchilar sonini ko‘paytirish uchun xizmat qiladigan ilovani yuklashdi. Bu ilova foydalanuvchidan sahifaga kirish uchun login va parolni kiritishni so‘raydi, so‘ngra kirish vaqtida xatolik yuz bergani haqida xabar beradi. To‘plangan ma'lumotlar firibgarlarning serveriga yuboriladi.

Buzib kirilgan sahifalardan spam-xabarlar yuborish, "Like"lar sonini oshirish va izohlar yozish uchun foydalanilgan.
ESET murojaatidan so‘ng Google Play ushbu ilovalarni o‘chirib yubordi. Biroq uni 1,5 mln.dan ortiq foydalanuvchi ko‘chirib olishga ulgurgan. Kompaniya ilovani ko‘chirib olganlarga parolni o‘zgartirishni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
12:55 / 12.01.2026
Antivirus kompaniyasi millionlab Instagram foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqishini qayd etdi. Instagram rad qildi
18:56 / 02.01.2026
Instagram rahbari: internetdagi surat va videolarga endi so‘zsiz ishonib bo‘lmaydi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
23:44 / 14.10.2025