Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
Asosiy yangiliklardan biri «hikoyalar»ni post muallifiga bildirmasdan tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Sinov jarayoni Meksika, Yaponiya va Filippinda o‘tkazilyapti. Narxlar hududlarga qarab farq qiladi: Meksikada – 39 peso (2,17 dollar), Yaponiyada – 319 iyena (2 dollar), Filippinda – 65 peso (1,07 dollar).
Instagram o‘zining Instagram Plus obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sinov jarayoni Meksika, Yaponiya va Filippinda o‘tkazilayotgan bo‘lishi mumkin. Narxlar hududlarga qarab farq qiladi: Meksikada – 39 peso (2,17 dollar), Yaponiyada – 319 iyena (2 dollar), Filippinda – 65 peso (1,07 dollar).
Premium funksiyadagi yangiliklardan biri «hikoyalar»ni post muallifiga bildirmasdan tomosha qilish imkoniyatidir. Bu foydalanuvchilar uchun maxfiylikni oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, obunachilar o‘z «hikoyalari» necha marta qayta ko‘rilganini kuzatishi mumkin. Bu esa kontent samaradorligini tahlil qilishda muhim vosita sifatida ko‘rilyapti.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar «yaqin do‘stlar» ro‘yxatidan tashqari, hikoyalar uchun cheksiz miqdorda auditoriya ro‘yxatlarini yaratishlari ham mumkin.
Shu bilan birga, obunachilar o‘z «hikoyalari»ni yana 24 soatga uzaytirishlari va haftasiga bir martagacha «hikoyani ajratib ko‘rsatish» funksiyasini tanlashi mumkin. Bu esa auditoriya qamrovini oshirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026
Antivirus kompaniyasi millionlab Instagram foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqishini qayd etdi. Instagram rad qildi
18:56 / 02.01.2026