Light | 22:03 / 13.03.2017
21664
2 daqiqa o‘qiladi

Bu noyob kutubxonadagi kitob javonlari ortida nima yashirin?

Yaxshi kitobni olib, o‘ringa qulay o‘rnashib olishdan yaxshisi yo‘qdek tuyuladi ba'zan. Yaponiyadagi noodatiy kutubxonalardan birida bu ikki sevimli mashg‘ulot uchun qulay imkoniyat yaratilgan.

Book and Bed (Kitob va karavot) - bu Tokioda 30 kishiga mo‘ljallangan kichik xostel. Bu yerga tashrif buyurganlar kitoblarga to‘la kutubxona javonlari ortida yashiringan kichik hujrachalarda dam olishlari mumkin. 

Tungi uyqu uchun eng yaxshi joy deb bo‘lmaydi, albatta. Bu yerda qulay martraslar, momiq yostiqlar, yengil adyollar yo‘q. 

Yotoqxona buning o‘rniga kitobsevarlarga o‘zgacha tajriba - kitob mutolaa qilib, dam olishni taklif qiladi.

Bunday yotoqxonaning bir kunlik narxi -  34 dollar atrofida. Har bir nomerda oddiy matras va mutolaa uchun chiroq bor. Shuningdek bepul Wi-Fi ham taqdim etiladi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, kutubxonadagi kitoblar soni - 3000 taga yaqin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid