Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cape Town Cycle Tour velopoygasi tarixida birinchi marta musobaqa bekor qilindi
Keyptaundagi velopoyga tashkilotchilari trassada sportchilarning harakatlarini qiyinlashtiruvchi kuchli shamol tufayli musobaqani bekor qilishdi. ABC News shu haqida xabar berdi.
Xaut-Bey yarimorolida o‘tayotgan Cape Town Cycle Tour velopoygasi 40 yillik tarixida birinchi marta bekor qilindi. Musobaqa ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida shunday qaror qabul qilindi.
Dastlab tashkilotchilar masofani 109 kilometrdan 78 kilometrgacha qisqartirishdi. Biroq deyarli poyga boshlanishi bilanoq kuchli shamol boshlandi - shamol tezligi soatiga 100 kilometrdan ortiqni tashkil qildi. Guvohlar musobaqa ishtirokchilarining poyga vaqtidagi qiynalgan lavhalarini suratga olishdi.
Poygada 35 mingga yaqin kishi qayd etilgan. Musobaqa tashkilotchilari uni 2018 yilda o‘tkazishga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
11:37 / 05.11.2025
Andijon, Namangan va Farg‘onada shamol kuchayishi kutilmoqda
10:50 / 18.09.2025
O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
14:39 / 15.09.2025
Falastin tarafdorlari La Vuelta velopoygasini to‘xtatib qo‘ydi
23:38 / 03.09.2025