Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini to‘rt barobarga oshiradi

Xitoy dengiz-piyoda qo‘shinlari sonini hozirgi 20 ming harbiy xizmatchidan 100 minggacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu muhim dengiz kommunikatsiyalari va xorijdagi manfaatlarning ortib borayotgani bilan bog‘liq, deb xabar berdi South China Morning Post gazetasi harbiy ekspert va manbalarga asosan.
Xabar qilinishicha, kontingentning bir qismi Jibuti va Pokiston janubi-g‘arbidagi Gvadarda joylashadi.
Manbalarning nashrga xabar berishicha, hozirgi qo‘shinlarning ikki brigadasi dengiz-piyoda qo‘shinlari tarkibiga kiritilgan hamda uning sonini qariyb ikki baravarga oshirdi.
"Xitoy xalq-ozodlik armiyasining dengiz-piyoda qo‘shinlari soni 100 mingga qadar oshiriladi va olti brigadadan iborat bo‘ladi", - deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy-dengiz kuchlari soni ham oshadi – 15 foizga (ayni damda HDK soni 235 ming kishini tashkil etadi).
Harbiy ekspert Li Tszening ma'lum qilishicha, dengiz-piyoda qo‘shinlari odatda Xitoyning dengizga yaqin hududlarida bo‘lgan, shuning uchun u nisbatan kamsonli bo‘lgan.
"Tayvan bilan ehtimoliy mojarodan tashqari, Xitoy xalq-ozodlik armiyasining dengizdagi missiyasi xorijda ham bo‘lishi mumkin, bu Xitoyning Koreya yarim orolidagi xavfsizlik manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi", - deya taxmin qildi ekspert.
2016 yilning fevralida Xitoy Jibutida harbiy baza qurilishi haqida ma'lum qildi. Hozircha u yerda joylashadigan harbiy xizmatchilar soniga oydinlik kiritilmadi, biroq matbuotda paydo bo‘lgan ma'lumotlarga qaraganda, bazada taxminan 10 ming kishi joylashadi.
Gvadar porti esa Fors ko‘rfazidan neftni tashishda asosiy yo‘lak sanaladi hamda u Xitoyning mablag‘lari evaziga qurilgan. Xabar qilinishicha, portda Xitoy armiyasi obektlari bo‘lmaydi, biroq harbiy kemalari joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

18:33 / 09.05.2025