Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Suriya bo‘yicha navbatdagi muzokaralar davrasi o‘tkaziladi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Suriya inqirozini hal etishga bag‘ishlangan muzokaralar uchun barcha tashkiliy masalalar hal qilingan. U rejalashtirilganidek 14-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov ma'lum qildi.
"Bo‘lg‘usi Ostona uchrashuvining tashkiliy masalalar bilan bog‘liq barcha jihatlari hal etilgan. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakldagi uchrashuvlar 14 mart kuni bo‘lib o‘tadi, 15 martda plenar kengash tashkil etiladi", — degan vazir.
Ushbu muzokaralarning ikkinchi bosqichi doirasida Rossiya, Eron va Turkiya ishtirokida Suriyadagi sulh bo‘yicha monitoring guruhini tashkil etish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilgan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026