Jahon | 17:49 / 13.03.2017
31331
4 daqiqa o‘qiladi

Maxsus topshiriqli guruh sirlari: kundalik hayotda sizga yordam beradigan maslahatlar 

Maxsus topshiriqli guruh askari maqsadga erishish juda murakkab ekanini yaxshi biladi. Biroq, katta qarshilikka qaramay, belgilangan vazifani bajarish kerak, hamda bu yerda atrofdagilar va o‘zi bilan o‘zi aniq harakatlar tizimisiz ishni bitirib bo‘lmaydi. Bunday texnikasiz qiyin maqsadlarga hattoki hayotda ham erishib bo‘lmaydi. Quyida maxsus topshiriqli otryadlar askarlarining klassik maslahatlarini taqdim etamiz – ular dunyodagi barcha zamonaviy armiyalarda qo‘llaniladi.

Tartib-intizomning bahosi yo‘q

Bugun oddiy kishilar maqsadga erishish haqida tinimsiz o‘ylashi tabiiy. Bu borada kitoblar yozilgan, o‘nlab mualliflar ilmiy izlanishlar olib bordi, biroq bunga oddiy prinsip bilan izoh berish mumkin – tartib-intizomsiz maqsadga erishib bo‘lmaydi. Xuddi shunday holatda askarga avtomatizmda ishlash o‘rgatiladi, siz ham ma'lum bir holatda shubha-gumonga borishingiz kerak emas. Hammasini bir boshdan o‘ylab ko‘rish uchun emas vaqt qachondir topiladi.

Hayot bu og‘riq

Barcha Rembo haqidagi filmlardan og‘riq sen haligacha tirik ekanligingdan darak berishini yaxshi eslaydi. Bu ruhiy jihatdan ham yuz foizga to‘g‘ri – agarda his etish xususiyati saqlanib qolinsa, harakat qilish imkoniyati ham bor, qolgani esa unchalik muhim emas.

Ertaga bugungidan yomonroq bo‘ladi

Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishidan umid qilish kerak emas. Bu oddiy holatlarda ham kamdan-kam yuz beradi. O‘zini ancha og‘ir tajribalarga tayyorlash - vazifalaringiz tuzilmasini aniqroq tushunish va uni hal etishning yangi usullarini qidirishni anglatadi. Chidamlilikni mashq qildirib borish – siz ertaga jangda g‘olib bo‘lishingiz uchun qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsadir.

Dars jarayonda qiyin bo‘lsada, jangda oson bo‘ladi

Qancha istasangiz shuncha mashq qilishingiz va nimagadir tayyorlanishingiz mumkin, biroq faqatgina real vaziyatdagi real vazifalar siz nimaga qodir ekanligingizni ko‘rsatib beradi. Bu barcha duch kelgan narsaga tashlanish kerak, degani emas. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi masofani qisqartirish eng foydalidir. Maxsus topshiriqli guruhlarda turli mashqlar orqali bir harakatdan keyingi harakatga tezlik bilan o‘tishga o‘rgatishadi. Bu oddiy hayotda yordam beradi.

Vazminlik orqali ko‘p narsaga erishish mumkin

Qo‘pollik va o‘zini tuta olmaslik mag‘lubiyatga olib keladi – buni barcha yaxshi askarlar biladi. Vazifani bosqichma-bosqich hal qilib borish impulsiv hamladan yaxshiroq, raqibga hurmatda bo‘lish esa – dunyodagi eng asosiy sharaf qonunidir. Oddiy hayotda bu narsalar harbiy harakatlardagi kabi ishlaydi.

Taktikasiz strategiya 

Qadimgi jang san'ati bekorga ikki bo‘limga ajratilmagan – gap shundaki, strategiya barcha istalgan reja kabi jang boshlanishiga qadar ishlaydi, xolos. U qayerda ro‘y berishi esa ahamiyatsiz. Taktika – javob qaytarish san'ati va boshlang‘ich rejadan juda kuchli chetlashish ehtimolini ko‘zda tutadi. 

Jangda g‘alaba qozonish, umumiy g‘alabani anglatmaydi

Eng mashhur harbiy uslublar oddiy hayotda ham qo‘l keladi, u ko‘p hollarda odamning ichidagi “meni” bilan uzoq muddatli jangga o‘xshaydi. Sizning jangingiz juda uzoq davom etishi va undagi alohida to‘qnashuvlar soni yuzlab bo‘lishi mumkin – asosiysi, nima u bu harbiy harakatlarga kirishilganini yodda tutishdir.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid