Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong rahbari XXR Bosh maslahat organi raisining o‘rinbosari bo‘ldi
Hongkong ma'muriyati rahbari Lyan Chjenin Xitoy Bosh maslahat organi — Butunxitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi qo‘mitasi raisining o‘rinbosarligiga saylandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Lyan Chjenin kengashning so‘nggi majlisida ushbu lavozimga saylangan. Shu bilan har yilgi sessiya yakunlangan. Avvalroq, South China Morning Post nashri, Chjeninning saylanishini markaziy hukumat tomonidan 2014 yilgi namoyishlarda uning harakatlarini tan olish deb baholagan edi. O‘shanda Occupy Central faollari shahar hayotini izdan chiqargandi. Namoyishchilar shahar ma'muriyati boshlig‘ini ikki bosqichda emas, bevosita saylashni talab qilgan edi.
Lyan Chjenin 2012 yilda Hongkong rahbarligiga saylangan edi. 2017 yil 26 martida yangi saylov bo‘lib o‘tadi. 2016 yil oxirida Lyan Chjenin oilaviy sabablarga ko‘ra, navbatdagi saylovlarda ishtirok etmasligini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026