Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbeklarni o‘marib kelgan “o‘zbek olg‘iri” qo‘lga olindi
Rossiyaning Tula viloyatida mahalliy o‘zbek diasporasining yetakchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda NTV telekanali “ChP” ko‘rsatuvining 2017 yil 6 martdagi sonida ma'lum qilindi. Tergov idoralariga ko‘ra, “Sodrujyestvo” jamoat tashkiloti rahbari Tolib Isojonovga qarshi Rossiyada mehnat qilayotgan 70ga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojiri guruh bo‘lib ariza topshirgan.
Huquqni himoya qilish organlarining ma'lum qilishicha, vatandoshlariga turli huquqiy yordam berishi kerak bo‘lgan Isojonov ularni qo‘rqitish va ta'magirlik yo‘li bilan shaxsiy boylik orttirishda foydalanib kelgan. U Tuladagi korxonalardan birida ayni ish pallasida qo‘lga olingan.
Qizig‘i shundaki, jamoat tashkiloti yetakchisi, mehnat muhojirlaridan, ularning hujjatlari va patentlari bilan barchasi joyida bo‘lsa-da, pul ta'ma qilgan va o‘z ulushini olib kelgan. Oylik “boj” to‘lamaganlarga Rossiyadan chiqarib yuborish kabi choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida dastlab ishchilar brigadiri qo‘lga olingan. Birozdan so‘ng, garchi korxona ishchilari ro‘yxatida bo‘lmasa ham bu yerda bo‘lgan tashkilot yetakchisi ham ushlangan. Jabrlanuvchilarning aytishicha, u korxonada bir necha oydan beri noqonuniy boshliq hisoblangan. Isojonov har bir ishchidan oyiga 2 ming rubldan “boj” olgan. Shundog‘am katta bo‘lmagan maoshning bir qismini berish talabini rad etganlarni brigadirlar, tashkilot a'zolari ayovsiz do‘pposlagan. Ayrimlar Rossiyadan chiqarib yuborishga doir asossiz uydirmalarga ishongan holda yoxud tinch bo‘lish ilinjida “boj”ni qo‘sh qo‘llab topshirgan.
Xabarlarga ko‘ra, jabrlanuvchilar soni 100 nafardan ortiq kishini tashkil etadi. Vatandoshlarining og‘ir mehnatiga osongina sherik bo‘lgan “ta'magir” topgan pullariga hashamatli uy qurib, kafe ochgan hamda qurilish ishlariga pul tikkan. Operativ xodimlar uning uyida bir necha soat tintuv o‘tkazishganda, moliyaviy hujjatlar, pistolet o‘q-dorilari, o‘zbekistonliklar ism-shariflari qayd etilgan ro‘yxat borligini aniqlashgan.
O‘zbek mehnat muhojirlari Isojonov ustidan dastlab Butunrossiya o‘zbeklari va o‘zbekistonliklar kongressi rahbari Ibrohim Xudoyberdiyevga murojaat qilishgan. Uning ko‘magida huquq-tartibot idoralari Isojonov va gumashtalarining qilmishidan xabar topgan.
Ayni vaqtda, sud tomonidan Isojonovga nisbatan 2 oylik vaqtincha hibsda saqlash chorasi qo‘llanilgan. Yaqin orada unga nisbatan “ta'magirlik” va “Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” aybi qo‘yiladi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026