23:48 / 14.03.2017
7058

«Bayyer» futbolchisi maktab imtihonlari tufayli YeChL o‘yinida qatnasha olmaydigan bo‘ldi

«Bayyer» yarim himoyachisi Kay Xavertts Chempionlar ligasining nimchorak finali doirasidagi javob uchrashuvida «Atletiko»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bunga ushbu 17 yoshli xavbekning maktab imtihonlari tufayli Ispaniyaga ucha olmagani sabab bo‘ldi.

Leverkuzenliklar jamoasiga oldindagi o‘yinda jarohat tufayli Emir Toprak, Lars Bender, Jonatan Ta va Shtefan Kissling ham yordam bera olmaydi.

«Atletiko» – «Bayyer» uchrashuvi 16 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning Germaniyada kechgan birinchi uchrashuvida ispanlar 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi.

Mavzuga oid
Top