Jahon | 21:50 / 14.03.2017
5420
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning Mobileye kompaniyasi aksiyadori bir bitim orqali milliarderga aylandi

Isroilning Mobileye kompaniyasi aksiyadori Shmuel Xarlap kompaniya Intel korporatsiyasi tomondan xarid qilingani ma'lum bo‘lgandan keyin milliarderga aylandi.

Shmuel Xarlap Foto Getty Images

IT-gigant Isroil kompaniyasining har bir aksiyasiga 63,54 dollar to‘lagan va shu tariqa bitim qiymati 15,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Intel kompaniyani sotib olishi e'lon qilingandan keyin uning aksiyasi 28 foizga ko‘tarilib, 60,62 dollarni tashkil qilgan. "Bu avtomobillar importi sohasida faoliyat yurituvchi va Mobileye’ga sarmoya kiritgan Shmuel Xarlapni Isroilning yangi milliarderiga aylantirdi", deb yozmoqda Forbes nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra,  Xarlap kompaniyaning 7,2 foiz aksiyasiga egalik qilgan va 13 mart kechki vaqtda bu aksiyalar paketi 953 mln dollar turgan. 2016 yilda u 3,6 mln ta aksiya sotgan, ularning qiymati soliqlar to‘langandan keyin 65 mln dollarni tashkil qilgan va bu Xarlapning boyligi 1 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilganini anglatadi.

Kompaniyaning ikki asoschisi Ziv Aviram va Amnon Shashua ham bu bitim orqasidan boyib ketdilar. Ularning har biri kompaniyaning taxminan 7 foizdan aksiyasiga egalik qiladilar. Bu esa Shashuaning aksiyalar paketi 780 mln dollarni, Aviramniki esa 740 mln dollarni tashkil qilishini anglatadi.

Kompaniya 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, haydovchilarga falokatlarning oldini olishda yordam beruvchi tizimlar va haydovchisiz avtomobillar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid