08:43 / 14.03.2017
4088

Keksa sportchilarga mo‘ljallangan marafonlar rekordchisi vafot etdi

Kanadalik yugurish bilan shug‘ullanuvchi sportchi Ed Uitlok 86 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Reuters. U keksa yoshli insonlarga mo‘ljallangan ko‘plab musobaqalar rekordchisi sanaladi.

Uitlok Toronto kasalxonasida 86 yoshga to‘lganidan bir hafta o‘tib hayotdan ko‘z yumgan. Uning o‘limiga prostata saratoni sabab bo‘ldi.

Kanadalik sportchiga “70 va undan katta” yosh guruhlarida 1500 metrlik masofadan to marafonga qadar bir qancha jahon rekordlari tegishli. 2003 yilda Uitlok Torontoda, 72 yoshida, ushbu yosh guruhidagi uch soatlik marafonni chopib o‘tgan ilk sportchiga aylandi. Uning natijasi 2 soatu 59 daqiqa va 10 soniyaga teng bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top