Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston janubida "Hizb ut-Tahrir" a'zosi qo‘lga olindi
Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi "Hizb ut-Tahrir" diniy-ekstremistik tashkilotining faol a'zosini qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot markazi xabar qilmoqda.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, ekstremist tashkilotning yashirin faoliyatiga barham berish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida qo‘la olingan. "Ushbu amaliyot doirasida O‘sh viloyati Qorasuv shahrining 1959 yilda tug‘ilgan fuqarosi hibsga olindi", - deyiladi xabarda. Uning ismi-sharifi tergov manfaatlari yuzasidan oshkor etilmayapti.
DMXQning ma'lum qilishicha, mazkur fuqaro bundan avval "milliy, irqiy, diniy va mintaqalararo ziddiyat"ni keltirib chiqarganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayni vaqtda, uning uyidan musodara qilingan turli nashrlar asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, bosh qarorgohi Londonda joylashgan "Hizb ut-Tahrir" tashkiloti Qirg‘iziston va boshqa qator mamlakatlar, xususan O‘zbekistonda ham taqiqlangan. Uning a'zolari Markaziy Osiyo davlatlaridagi hokimiyatlarni ag‘darib, ushbu davlatlar hududida o‘z davlatini barpo qilishni maqsad qiladi.
Mavzuga oid
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026