Jahon | 22:25 / 14.03.2017
8778
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 1 iyuldan pensiya va nafaqa to‘lovlari oshiriladi

Bugun, 14 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi (QR) hukumat majlisida "QRning ijtimoiy ta'minot masalalari bo‘yicha ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi tasdiqlandi. Bu haqida QR Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining matbuot xizmatiga tayanib, Zakon.kz xabar berdi. 

Yuqorida  qayd etilgan qonun loyihasi quyidagilarni ko‘zda tutadi:

- 2017 yilning 1 iyulidan pensiyalar miqdori 2016 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 20 foizgacha oshadi;

- bola tug‘ilishi munosabati bilan beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovi 2017 yilning 1 iyulidan 20 foizga oshadi.

Umumiy pensiya miqdori yil boshida 9 foizga oshgani inobatga olingani holda 11 foizga oshiriladi. Tayanch pensiyalari miqdori yil boshida 7 foizga oshgani hisobga olingani holda, 13 foizga oshiriladi. Shu tariqa, 2017 yilning 1 iyulidan pensiyalar miqdorining oshirilishi 2016 yilga nisbatan 20 foizga ta'minlanadi. Bu Qozog‘istondagi barcha nafaqaxo‘rlar yoki 2 milliondan ziyod kishini o‘z ichiga qamrab oladi. 

Xususan, 2017 yilning 1 yanvaridan pensiyaning minimal miqdori 40 950 tengeni tashkil qilgan bo‘lsa, shu yilning 1 iyulidan bu ko‘rsatkich 45 711 tengeni qayd etadi. Pensiyaning o‘rtacha miqdori 60 167 tengedan 66 676 tengega ko‘tariladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid