Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy Janubiy Koreyadagi THAAD signallarini neytrallashtiradi
Xitoy Amerikaning THAAD RQM tizimlarini Janubiy Koreyada joylashtirilishiga qarshi choralar ko‘ra olmasligiga ko‘zi yetganidan so‘ng, boshqa tadbirlarni ko‘ra boshladi. Xususan, o‘zining lokatorlarga qarshi uskunalari bilan THAAD radarlarining signallarini to‘sib qo‘yishga qaror qildi, deb yozmoqda South China Morning Post nashri.
Avvalroq, AQSh Janubiy Koreyada raketa hujumlariga qarshi THAAD majmualarini joylashtirishni boshlagani haqida xabar qilgan edik.
Xitoy xalq ozodlik armiyasi generali Van Xunguanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Janubiy Koreya yangi prezidentini saylab olishini kutmaydi. Chunki, Pekin ma'muriyati rasmiy Seul yangi rahbariyati ham bu boradagi siyosatni o‘zgartirishiga ishonmaydi. Shunga ko‘ra, generalning so‘zlariga ko‘ra, Pekin THAAD radarlarining signallarini to‘sish choralarini ko‘radi.
"Biz uskunalarimizni THAAD ishga tushirilishidan avvalroq o‘rnatib bo‘lamiz. Buning uchun ikki oy kutish kerak emas", — degan Van Xunguan gazetaga bergan intervyusida.
"Bizning bunday qurilmamiz bor, faqat uning joyini kerakli hududga o‘zgartirishimiz kerak", — degan general.
Shu bilan birga, Xitoy armiyasi iste'fodagi polkovnigi Yue Genning aytishicha, Xitoy elektromagnit texnologiyalardan foydalangan holda THAAD tizimlarining ishlashiga to‘sqinlik qila oladi. Buning uchun, shunday uskunalarni Koreya yarim orolining qarshisida joylashgan Shandun yarim oroliga joylashtirish kifoyadir.
Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026