Jahon | 15:55 / 14.03.2017
4872
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya BMT, YeXHT va Yevropa Kengashiga Niderlandiya ustidan shikoyat qiladi

Foto: Reuters

Turkiya Niderlandiya bilan munosabatlarda yuzaga kelgan diplomatik mojaro tufayli birdaniga BMT, YeXHT va Yevropa Kengashiga shikoyat qilmoqchi. Bu haqda diplomatik manbalariga tayangan holda Hürriyet Daily News xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya ushbu xalqaro institutlarga Niderlandiya Vena konvensiyasining diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi bandlarini buzgani yuzasidan murojaat qilmoqchi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Niderlandiya bilan mojarolar tufayli Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga yuzlanmoqchiligini bildirgandi. Keyinroq Turkiya Niderlandiyaga ikkita holat bo‘yicha nota yo‘lladi. Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bo‘yicha ishlar vaziri Umar Chelik Niderlandiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishi shubhasiz ekanini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni niderlandlar turklar delegatsiyasi samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagach  Turkiya va Niderlandiya o‘rtasidagi diplomatik mojaro yuzaga keldi. TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Niderlandiyaning Rotterdam shahrida turk jamiyati qarshisida konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar haqida nutq qilmoqchi edi. Niderlandiya hukumati esa xavfsizlik nuqtai nazaridan uning mamlakatga kirishini taqiqladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid