Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirmoqchi
13−14 mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Qirg‘iziston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kamolova boshchilik qildi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilganidek, 24 dekabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv, so‘ngra O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi ikki tomon hukumat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari, manfaatdor biznes doiralar o‘rtasidagi aloqalar, davlatlararo chegaralarni huquqiy rasmiylashtirish borasida davom etayotgan muzokaralar serqirra O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining yangi dinamikasini namoyon etadi.
O‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirish, jumladan O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e'tirof etildi.
Maslahatlashuvlar doirasida konsullik masalalari va axborot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha guruhlarning uchrashuvlari ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026