Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya parlamentining muhojirlar bo‘yicha qabul qilgan qarori tanqid qilindi
Vengriya parlamenti noqonuniy muhojirlarning boshpana berish haqidagi murojaatlari hukumat tomondan qo‘rib chiqilmaguncha ular Vengriya chegarasi yaqinidagi maxsus lagerlarda saqlanishi haqidagi qonun loyihasini ma'qullashi xalqaro huquq tamoyillarini buzadi, deb aytdi Vengriya Xelsinki qo‘mitasining qochqinlar ishlari bo‘yicha dasturi direktori Gabor Dyulai "Anadolu" axborot agentligiga.
"Bu qonun loyihasining deyarli har bir bandi Yevropa Ittifoqi qonunchiligi, Yevropaning inson huquqlarini himoya qilish konvensiyasi va Jyeneva konvensiyasini buzadi", deb aytgan Dyulai.
Dyulai qabul qilingan qonun loyihasi Vengriyada barcha muhojirlarni qo‘lga olish va mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berishini aytib o‘tdi.
"Vengriya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan 14 yoshdan kichik bo‘lgan bolalardan tashqari mamlakatga kirayotgan barcha muhojirlarni lagerlarda saqlash qonun loyihasini ma'qulladi. Ya'ni bunday odamlar 14 yoshdan katta bo‘lganlar, urushda qiynoqlarga uchrayotgan oilalar vakillari hamda homilador ayollardir. Buning barchasi xalqaro huquqqa ziddir, chunki Yevropa Ittifoqi qonunchiligi va Yevropaning inson huquqlari haqidagi konvensiyasiga ko‘ra, muhojirlar alohida vaziyatlardagina qisqa vaqtga ushlanishlari mumkin", deb aytgan Dyulai.
Uning aytishicha, agar qonun loyihasi kuchga kirsa, unda Vengriya o‘zining Yevropa Ittifoqidagi a'zoligini xavf ostiga qo‘yadi, chunki Yevropaning hech qaysi bir davlatida muhojirlar bilan bunday yo‘l tutilmaydi.
Mavzuga oid
08:32 / 31.01.2026
YeI Rossiyadan neft tashish uchun zarur bo‘lgan qator xizmatlarni taqiqlash niyatida
13:45 / 30.01.2026
YeI Eronga yangi sanksiyalar joriy qildi
12:21 / 30.01.2026
YeI mashhur rossiyalik teleboshlovchilarni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi
11:44 / 30.01.2026