Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WikiLeaks Niderlandiya bosh vaziri haqidagi hujjatlarni chop etdi
WikiLeaks sayti Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte va uning parlament saylovlari bo‘yicha raqibi Gert Vilders haqida materiallarni chop etdi.
Sayt Ryutte haqida "o‘z arxivlaridan" 1699 ta hujjatni va Vilders haqida 1392 hujjatni chop etgan.
15 mart kuni Niderlandiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
"Moris de Xond" agentligining ekspress-so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, parlament saylovlarining yetakchisi Ryutte boshqaradigan "Erkinlik va demokratiya uchun xalq partiyasi" (VVD) hisoblanadi. Unga so‘ralganlarning 18 foizi ovoz berishga tayyorligini bildirgan. Bunday holatda partiya parlamentdagi 150 ta o‘rindan 27 tasiga ega bo‘ladi. Yetakchisi Vilders hisoblanuvchi "Erkinlik partiyasi"ga (PVV) so‘ralganlarning 16 foizi ovoz berishga tayyorligini aytgan, bu esa partiyaga parlamentdagi 24 ta o‘rinni olib keladi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
19:11 / 08.06.2026