Jahon | 15:17 / 15.03.2017
23654
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka asosiy tahdidni aytdi

Foto: RIA "Novosti"

Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka asosiy tahdid Afg‘onistondan kelmoqda, Moskvani IShID terrorchilik guruhining respublika shimolida o‘rnashib olishga harakat qilayotgani ayniqsa tashvishga solmoqda, deb ma'lum qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov chorshanba kuni.

"Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka asosiy tahdid Afg‘oniston hududidan kelmoqda. Ayniqsa IShIDning Afg‘oniston Islom Respublikasi shimolida o‘rnashib olish, o‘z safini boshqa terrorchilik guruhlari a'zolari hisobiga to‘ldirish bo‘yicha harakatlari jiddiy tashvishga solmoqda. O‘tgan yilning avgustida Bishkekda Xitoy diplomatik vakolatxonasiga qarshi IShID bilan aloqador bo‘lgan xudkush-jangari tomonidan terakt sodir etilgandi", - deya ma'lum qildi Lavrov "Mejdunarodnaya jizn" jurnaliga bergan intervyusida.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid