Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini Yevropa Ittifoqining Suriya bo‘yicha loyihasini taqdim qildi
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Strasburgda Yevropa Ittifoqining Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasi loyihasini taqdim qildi. Hujjat Yevropa komissiyasining a'zolari tomonidan 14 mart kunidagi yig‘ilishda qabul qilindi.
Mogerinining ta'kidlashicha, Yevropa komissiyasi tomondan qabul qilingan qo‘shma bayonot Yevropa Ittifoqining joriy majburiyatlarini mustahkamlaydi va Suriyadagi ixtilofning siyosiy yechimini "Suriyaga tinchlikni qaytarishning yagona yo‘li sifatida" qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, ushbu strategiya Yevropa Ittifoqi Suriyada osoyishta hayotni tiklashni boshlash uchun qabul qilishi mumkin bo‘lgan qadamlarni o‘z ichiga oladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Ushbu loyihada Suriyadagi siyosiy muxolifat qo‘llab-quvvatlanishi aytilgan. Bundan tashqari, Yevropa komissiyasining ushbu hujjati Yevropa Ittifoqi Suriya aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishini, kelajakda esa qochqinlarni yashash uchun xavfsiz sharoitlar yaratiladigan yurtlariga qaytarishini ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
08:32 / 31.01.2026
YeI Rossiyadan neft tashish uchun zarur bo‘lgan qator xizmatlarni taqiqlash niyatida
13:45 / 30.01.2026
YeI Eronga yangi sanksiyalar joriy qildi
12:21 / 30.01.2026